Пятница, 17.08.2018, 06.13

 
Меню сайта

Категории раздела
news [11]
kamchiliklar [0]
maslahatlar [7]
Sport Habarlari [0]
Sms Sherlar [20]
Hikoyalar [0]
Muchallar Haqida [0]
Burjlar Haqida [0]
Tushlar Tabiri [106]
Yulduzlar Haqida [20]
Odno Sirlari [0]
Qo'shiq Matni [18]
Pazandalik Sirlari [1]
Ismlar ma'nosi [0]
Chimildiq Maslahatlari [0]
Ucell Xizmatlari / Beeline Xizmatlari / Ums Xizmatlari [0]
Internetdan Pul Ishlash Tekin Paynet [3]
РОССИЙСКИЕ АКТЕРЫ И АКТРИСЫ [12]
Авиация и космонавтика [0]

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 26

Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0


Главная » maslahatlar

— Ўғлим 16 ёшда. Яқинда телефонини текшира туриб, беҳаё суратлар ва видеоларга кўзим тушди. Бироз ёшроқ бўлганида, албатта, койиган бўлардим, аммо улғайиб қолди, у билан бу мавзуда қандай гаплашишни билмаяпман...

Умида, 38 ёш, Жиззах вилояти



Психология фанлари номзоди, доцент Феруза Акромова ўз маслаҳатлари билан ёрдам беришга тайёр...



— Кўпчилик оналар дарҳол ўша беҳаё видеоларни ўчириб ташлаш ва фарзандига қаттиқ гапириш билан муаммони ҳал этиш мумкин деб ўйлашади. Зинҳор ва зинҳор ўғлингиз ўзига тегишли бўлган, шахсий буюми деб билган нарсага сўроқсиз даҳл қилганингизни билмасин. Акс ҳолда унинг ишончини ва ҳурматини йўқотиб қўйишингиз ҳеч гап эмас. Ўсмирлар ҳиссиётга берилувчан бўлишади, агар телефонини берухсат текширганингиздан хабар топса, жаҳл устида маслаҳатларингизнинг аксини бажариши ҳам ҳеч гап эмас. Бу ёшдаги йигитларга ўзидан катта жинсдошлари, акаси ёки отаси йигит кишининг организмида кечадиган ўзгаришлар, умуман жинсий ҳаёт ҳақида тушунча бериши зарур. Аслида ҳам бундай нозик паллада бола онгини қандайдир нотаниш инсон берган нотўғри маълумот билан тўдиргандан кўра, яқинлари тушунча бергани афзалроқ. Гап орасида турли беҳаё суратларни томоша қилиш зино эканини ва бундан буён ўғлингиз оиланинг бошқа эркаклари қаторида хонадонингиз шаънини сақлашга масъуллигини таъкидлаб ўтишни унутманг.
Категория: maslahatlar | Просмотров: 3307 | Добавил: admin | Дата: 17.11.2016 | Комментарии (0)

 

Do‘st tanlash misoli tarvuz tanlashdek: yaxshisini topguncha 100 tasini chertib ko‘rishga to‘g‘ri keladi, degan naql bor. Ammo, quyidagi maqola sizni tarvuz tanlashda ham adashmasligingizga yordam beradi.

Tarvuz – yozning eng sevimli poliz ekinlaridan biri. Ayniqsa, yozning issiq kunlarida yengil va mazali tamaddi uchun tarvuzdan bo‘lak foydali mahsulot topish mushkul. Kaloriya miqdori kam holda, tarvuz o‘z tarkibida bir qancha darmondori, tanadagi zaharlarga qarshi kurashuvchi amino kislotalarni jam qilgan.

Tarvuz tanlash sirlari:

Tarvuz po‘stlog‘i: Tarvuz tanlayotganingizda uning po‘stlog‘i qattiq, rangi tiniq, yarqiroq va silliq bo‘lishiga ahamiyat bering. Yaxshi pishgan, shirin tarvuzning po‘stini osongina tirnoq bilan tirnash mumkin.

Chertib ko‘ring: Urib ko‘rsangiz, pishgan tarvuzdan jarangdor ovoz chiqadi.

Quruq band: Tarvuzning «dumcha»si, ya’ni bandi quruqshab turgan bo‘lsa, bu uning pishganini bildiradi.

Vazn: Katta ko‘ringani bilan yengil tuyilgan tarvuzni tanlash kerak. Bu uning sersuv ekanidan darak beradi.

Sariq dog‘: Tarvuzning yerda turgan qismidagi dog‘i sarg‘ish yoki to‘q sariq rangda bo‘lishi kerak. Imkon qadar sariq dog‘i juda katta bo‘lgan tarvuzni tanlamang. Siz tanlagan tarvuzda umuman sariq dog‘ bo‘lmasa yanada yaxshi. Bu dog‘ tarvuzning quyosh nuridan bebahra qolgan qismidir. Ya’ni, fermer tarvuzni o‘z vaqtida kerakli tomonga dumalatmagan.

Tarvuzni siqib ko‘rish: Pishgan tarvuzni ikki kaft orasida siqib ko‘rish mumkin, agar siqishning imkoni bo‘lmasa, demak xom.

Tarvuzning shifobaxshligi

Tarvuzda ko‘p miqdorda folat kislotasi mavjud bo‘lib, u qon yaratishda ishtirok etadi. Tarvuz jigarni tozalashda eng foydali mahsulotlar sirasiga kiradi. Shuningdek, u ko‘rish qobiliyatini, qon bosimini yaxshilaydi.

Fakt

Ha, aytgancha, O‘zbekistonda eng katta tarvuz 2015 yilda Samarqand viloyatining Samarqand tumanida yashovchi fermerlar tomonidan yetishtirilgan. Bu tarvuz 23 kilogramm tosh bosgan.

Samarqandlik jurnalist Toshpo‘lat Rahmatullayev bozorda mahsulot xarid qilib yurganda shu katta tarvuzni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rgan.

«Sotuvchilarning aytishicha, tarvuz Samarqand tumanining Rustam-qishlog‘ida yetishtirilgan”, deb aytdi jurnalist.

Jahonda esa eng ulkan tarvuzni Turkiya fermerlari yetishtirganlar. Ularning tarvuzi 58 kg vaznga ega bo‘lgan.

Manba : Erkak.uz

Категория: maslahatlar | Просмотров: 770 | Добавил: DVStudio | Дата: 11.08.2016 | Комментарии (0)

 

Diyetologning fikri
Ho‘ppa semiz qorin o‘rniga qorinning to‘rtburchak shakldagi mushaklariga ega bo‘lish — barcha erkakning orzusi. Boisi bu kuchli jins vakillarining tashqi ko‘rinishdagi muhim afzalliklaridan biridir. Ortiqcha vazn yig‘ib, meshqorinni orttirib olish juda oson bo‘lsa ham, undan voz kechish uzoq vaqt va irodani talab qiladi.

Jismoniy faol bo‘lish kerak! Hech bir mo‘’jizali parhez yoki ozdiruvchi tabletka yordam bera olmaydi. Qaytaga ular oshqozonni ishdan chiqarib, yanada semirishga sabab bo‘ladi. Ozishda muvaffaqiyat qozonish ovqatlanishni me’yoriga keltirish va shunga uyg‘un holda jismoniy mashqlarga odatlanishga bog‘liq.

Nimadan boshlash kerak?
Qorin va yonbosh yog‘laridan xalos bo‘lishdan oldin o‘zingizga maqsad qo‘ying. Bu maqsadga yetish uchun oldingizda uzoq muddat va mashaqqatli mehnat yotibdi. Aniqrog‘i, buning uchun sizga ahvolingizdan kelib chiqib, 12 haftadan yarim yilgacha vaqt kerak bo‘ladi. Modomiki, bu foydali mashg‘ulot uchun hafsala hamda vaqt ajrata olmas ekansiz, unda semirishda davom eting. Ko‘p o‘tmasdan sumochilar qatoridan joy olasiz.

 

Erkaklarda qorin nimadan kattalashadi?

Vazni ortib borayotgan har bir erkakni shu savol qiziqtiradi.
Bosh sabablari:
1. Kam harakat turmush tarzi. O‘rta yoshli erkak uylangach, o‘z-o‘zidan yaxshi to‘lanadigan idora ishiga harakat qiladi. Natijada, uning asosiy vaqti idorada kompьyuter qarshisida, kursiga mixlangan holda o‘tadi va jismoniy faollik pasayadi. Uyda esa charchab kelgach, yeb-ichib keyin hordiq chiqaradi.
2. Qoringa tushayotgan kaloriyaning nomuvofiqligi. Fastfud, kechki shohona ovqatlanish, qovurilgan va yog‘li taomlar insonning ovqatlanish ratsionini buzadi, ortiqcha kaloriyani tanag olib kirib, yog‘ga aylanadi.
3. Irsiy yoki endokrin muammolar. Ko‘pchilik erkaklarda ortiqcha vazn sababi tanada moddalar almashinuvining sekinligi hisoblanadi. Bu esa qorinning kattalashishiga sabab bo‘ladi.
4. Zararli odatlar. Misol uchun, kech ovqatlanish yoki yonboshlab ovqatlanish. Yoki ichish-chekish ham hazm tizimin ishdan chiqaradi.
5. Kasalliklar. Qandli diabet ham semirishga moyillikni oshiradi.
6. Ichak faoliyati bilan bog‘liq muammolar.

 

Ilk qadamni boshlash 
– Sog‘lom turmush tarziga zid zararli odatlardan voz keching. Zarurat tug‘ilsa, agar kasallik sabab semirayotganingizni sezsangiz, malakali shifokor bilan maslahatlashing;
– Ichaklar faoliyatini yaxshilang. Ichaklarni ularning devorlarida qolib ketgan oziq qoldiqlari — shlaklardan tozalang;
– Har kuni bir necha stakan kefir ichishga odatlaning. Asosan, tongda va uxlashdan avval.
Ko‘proq toza suv iching — bu ichaklar faoliyatini yaxshilaydi;
– Kundalik ovqatlanish ratsioniga turli xil o‘simlik va oshqozonga foydali bo‘lgan apelьsin, nok, pomidor, olxo‘ri, bodring kabi past kaloriyali va vitamin-minerallarga boy mahsulotlarni qo‘shing.
– Kundalik ovqatlanish me’yorini izga soling va bunga amal qiling;
– Erkak kishi ayolga nisbatan ko‘proq kaloriyaga ehtiyoj sezadi. Ammo, dumba yog‘iga qilingan oshni yegandan keyin kursida orom olish emas, dalada ishlash kerak bo‘ladi.
Imkon qadar yog‘li, qovurilgan, dudlangan va tuzlangan mahsulotlarni iste’mol qilmang. Spirtli ichimliklar, xususan pivo ichishdan ham voz keching;
– Ovqat miqdori odatda yeydigan ovqatingizdan 25-30 foizga kamroq bo‘lsin. Imkon qadar shoshmasdan, taomni yaxshilab chaynab so‘ng yuting. Bu ovqatning ichakda yaxshi so‘rilishi va oshqozonga yordam beradi;
– Muvofiq ovqatlanishda oqsil parhezidan foydalanish samara beradi.
Xususan, qaynatilgan tuxum, pomidor,qatiq, mevali salat va qaynatilgan go‘sht iste’mol qiling. Kechki ovqatga qaynatilgan kartoshka, no‘xatli sho‘rva tanovul qilishga odatlaning.
Sosiskani ham qaynatib, tong mahali 2 tadan ortiq yemang. Sabzavotli salatlardan ko‘proq yeng. Grechka ko‘proq iste’mol qiling. Tunda biror salat va yengilroq ovqatlaning.

Qorin va biqin yog‘laridan xalos qiluvchi mashqlar

Yugurish va suzish semirishga qarshi kurashadigan eng foydali mashqlar.
Mashq qilganda eng yuqori kuch bilan ishlash shartmas. Mashq jarayonida mashq nuqtasining qoringa tushishiga e’tibor qaratish kerak.

Quyidagi mashqlarni kun davomida bir necha marta, har gal 10-30 marotabadan bajaring.

Qorin mushaklariga urg‘u qaratgan holatda «press»da ishlash.
Fitnes-koptokda mashq qilish.
Yotgan holatda gantelni siltamasdan, tik ko‘tarish.
Yotgan holatda og‘irlikni barmoq uchlariga tashlagan holda tanani silkitish.
Brusda osilib turish.
Otjimaniye qiling.
Yog‘ga qarshi kurashda eng samarali mashqlar:
Gantelni ko‘targan holda yon tomonlarga engashmoq.
Yotgan holda, oyoqlarni cho‘zib, tanani ko‘tarish.
Oyoqlarni keng ochgan holatda gantelni siltamasdan ko‘tarish va qo‘llarni oldinga cho‘zib, gantellarni birlashtirib, so‘ng ohista pastga tushirish.
Turnikka osilib, oyoq uchlarini ikkala qo‘l orasiga yetkazing. Shuningdek, turnikka osilib, tanani har tomonga buring.
To‘g‘ri ovqatlanib, jismoniy faol bo‘lsangiz, tez orada sizning qad-qomatingizni «buzib» turgan ortiqcha yog‘lardan xalos bo‘lasiz.

Категория: maslahatlar | Просмотров: 1160 | Добавил: DVStudio | Дата: 11.08.2016 | Комментарии (0)

 

Siz chekishni tashlamoqchisiz, ammo sira buni uddasidan chiqa olmayapsiz. Unda sizga xalq tabobati yordam berishi mumkin. Dunyoda har 6 soniyada bir   kishi tamaki chekishdan ko‘z yumadi! Tamaki chekishni tashlashga ahd qilganingiz bilan tabriklaymiz! Bu qaror qattiq va mustahkam bo‘lishi kerak! Xalq tabobati esa bu og‘ir masalada yordam beradi.

Birinchi kun
Tamaki chekishni tashlagan birinchi kunni o‘zingizga yoqadigan qilishingiz darkor. Kunni quvnoq va bayramona o‘tkazing,o‘rtoqlaringiz bilan sayrga chiqing shunda bu kun qanday kechganini sezmay qolasiz. Agar chekish xoxishi paydo bo‘lsa, saqich chaynang yoki meva sabzavotlardan yeng, meva sharbati ichish yaxshi naf beradi. Agar chekish xoxishi kuchli bo‘lsa, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullaning, yuguring, gimnastika mashqlarini bajaring.

Nikotinga qarshi choy
Nikotinga qarshi maxsus choy tayyorlab ichishni tavsiya qilamiz. Bu choyni tayerlash uchun 1 osh qoshiq qora seylon yoki hind choyini 200 gramm qaynagan suvda damlaymiz. Ezilagan sachratqi ildizlari, valeriana, qichitqi o‘t barglari, yalpizdan yarim  choy qoshiq choyga qo‘shib, bir soat tindiriladi. Kuniga 2-3 piyoladan ichiladi.Ushbu choyni ta’sirini kuchaytirish uchun unga qo‘shimcha qo‘shish ham mumkin. Ya’ni, bir osh qoshiq maydalangan xom lavlagiga bir choy qoshiq asal va bir dona limon sharbatini qo‘shib, choyga aralashtirib ichiladi.

Chekishni tashlash uchun:
Suli donalaridan 2 osh qoshiq olib maydalab, 100gramm qaynagan suvga solib 5 daqiqa past olovda qaynatiladi va 1 soat tindiriladi. Ushbu   damlamadan  1 oy davomida bir kunda 3 marta ovqatdan oldin 30grammdan ichib yurish tavsiya etiladi.

Chekishni tashlashning yana bir yo‘li: bir oy davomida, ertalab va kechqurun nonga 1 choy qoshiq baliq moyi surib yeyish kerak.

Og‘izni chayish
Ichimlik sodasidan 1 osh qoshig‘ini 100gramm suvga solib, ushbu aralashma bilan og‘izni chaying. Bu aralashmadan ichish ham yaxshi natija beradi.

Lekin, bu usul oshqozon-ichak kasalliklari bilan og‘riganlarga tavsiya etilmaydi.

Eng qiyin kunlarda ya’ni, chekishni tashlashning birinchi,ikkinchi va uchunchi kunlarda  dudlangan, tuzlama, go‘sht va alkogolь ichimliklarini iste’mol qilmang!

Manba: Darakchi.uz

Категория: maslahatlar | Просмотров: 741 | Добавил: DVStudio | Дата: 11.08.2016 | Комментарии (0)

Jajji farzandingizni tunda chivin chaqishidan bezor bo‘ldingizmi? Uxlaydigan vaqtda farzandingizni kiyim kiygandan so‘ng tanasidagi ochiq qoladigan qismlariga rayxon bargini yaxshilab surib qo‘ying. Masala hal.

Категория: maslahatlar | Просмотров: 777 | Добавил: DVStudio | Дата: 11.08.2016 | Комментарии (0)

Kuningizni tabassum bilan boshlang.
Nonushtadan oldin suv iching.
Yugurishni boshlang.
Tamaki va spirtli mahsulotlardan voz keching.
Kuningizni rejalashtirishni organing.
 Har kuni bir nechta meva yoki sabzavotlarni istemol qiling.
Ijobiy fikrlang.
Qaddingizni ushlab, togri yuring.
 Ertalab jismoniy mashqlar bajaring.
Muntazam ovqatlaning: kuniga 4-5 marta va bir vaqtda.
Lift ishlatmang: piyoda yuring.
Har tongda dush qabul qiling, dush qabul qilish qahvadek sizni tetik qila oladi.
Miriqib uxlang. Ozingizni bir vaqtda uyquga yotish va turishni orgating.
Har kuni toza havoda sayr qiling.
Kechqurun kiyimingizni tayyorlab qoying.
Yilda bir marta tibbiy korikdan oting.
Hayolingizga kelgan qiziqarli va foydali g'oyalarni yozib oling.
Kunida kamida 1500 ml gazlanmagan sof suvni istemol qiling.
Uxlashdan oldin xonani havolantiring. Salqinlikda uxlang.
Xar kuni xona tozalash uchun 15 daqiqa ajrating.
Yoqimli haridlar, kosmetik jarayonlar yoki shunchaki oddiy filmlar bilan ozingizni erkalang. Ko'ngilga yaqin insonlar bilan vaqt otkazish – ruhiyatga katta ijobiy tasir korsatadi.
Uxlashdan oldin yuvuning.
Uy buxgalteriya dasturini ishlab chiqaring. Xarajatlaringizni nazorat qiling.
Ishdan qaytgach 15 daqiqa yoqimli musiqa eshiting.
Haftada bir marta hammomga va saunaga boring.
Nima tanavvul qilayotganingiz haqida o'ylang. Iste'mol ratsionidan "fast food” va boshqa og'ir ovqatlardan voz keching.
Bir hafta vegetarianlardek yashab ko'ring. Balki , bu tarz siz uchun mamnun bo'lar.
Klaviaturaga nazar tashlamasdan yozishni organing.
Ishingizni aniq va puxta bajaradigan boling.
Insonlarga yoqimli so'zlar ayting, samimiy bo'ling.
Haftada 2-3marta 1 soatdan sport bilan shug'ulaning.
Miya faoliyani yaxshilash uchun mashqlar bajaring: sherlar yodlang, jumboqlar yeching, shaxmat oynang.
Mutoalaga har kuni 30 daqiqa ajrating.
Kuniga 10 xorijiy sozlarni yodlang.
Yaqin insonlaringiz va ota-onangiz bilan shunchaki qo'ngiroq qilib turing.
Yoga yoki nafas mashqlar bilan shugulaning bajaring.
Shaxsiy kundalik tutib, unda barcha erishgan yutuq va muvoffaqiyatlaringizni yozib boring.
Chiroyli va ravon sozlang. Muloqatingizni kuzating. Sozlashuv madaniyatingizda qopol va parazit sozlardan voz keching.
Yorqin lahzalarni suratga oling.
Ko'z uchun gimnastika qiling.
Har kuni sutli mahsulotlar: yog'siz tvorog, oddiy yogurt, kefir istemol qiling.
Qora non istemol qiling.
Uyda komyuteringiz oldida 2 soatdan ortiq otirmang.
Oyoqlaringizni sovuq suv bilan yuving. Bu ajoyib chiniqtirish yolidir.
Faqat sifatli kosmetika ishlating.
Uyingizdan barcha keraksiz buyumlarni chiqarib tashlang.
Yangiliklarni o'rganing, har kuni yangiliklardan boxabar bo'ling.
Yangi siqilgan sharbat iching.
Dam olish kunlarini unumli o'tkazing: tabiat qoyniga chiqing, sayohatga chiqib turing, yangi peyzajlarni va tanishuvlardan zavqlaning.
Faqat yaxshi narsalar haqida oylang.

Категория: maslahatlar | Просмотров: 926 | Добавил: DVStudio | Дата: 11.08.2016 | Комментарии (0)

Birovlarga o‘xshahga harakat qilmang - Ya'ni birovlarga taqlid qilmang. Siz boshqalarga o‘xshamaganligingiz uchun ham sizga qiziqishsin

Maqtanchoqlik qilman - Kamtar bo‘ling, boyligingiz bilan maqtanmang. Eng asosiysi to‘gri so‘z bo‘ling.

O‘z o‘rnida jiddiy bo‘ling - Qizlarga har gapga tirjayaveradigan bollar yoqmaydi.

Yaxshi suhbatdosh bo‘ling - Zeriktirmaslikka harakat qiling. Muhokamalarga yaxshi izoh va fikrlar bering.

Tartibli bo‘ling - Yurish-turish, kiyim kechak deganlaridek va albatta o‘zingizdan badbo‘y hid kelmaslik uchun hushboy atirlardan foydalaning. Albatta uchrashuvga qizdan avvalroq boring.

Birovlarga o‘xshahga harakat qilmang - Ya'ni birovlarga taqlid qilmang. Siz boshqalarga o‘xshamaganligingiz uchun ham sizga qiziqishsin

Sovg‘a salom, shirin so‘z, vaqtida kulguniyam unutmang.heart

Bunga qizlar nima derkin?wink

Категория: maslahatlar | Просмотров: 1446 | Добавил: DVStudio | Дата: 02.08.2016 | Комментарии (0)

Вход на сайт
Логин:
Пароль:

Test Bolalarga

Переводчик сайтов

OB HAVO UZ

PUL ISHLASH

FOYDALI MASLAHATLA








Корзина
Ваша корзина пуста

Туш Табирлари
. Go`sht 

. Dajjol 

. Dalil 

. Dallol 

. Dara 

. Daraxt 

. Daftar 

. Dahliz 


Тизер

Поиск

Календарь
«  Август 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031

Мини-чат
200

Архив записей

Друзья сайта

2016Сделать бесплатный сайт с uCoz